Hozirgina Pepsi Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi.
Qo‘qon shahridagi “Markaziy” stadionda kechgan qarama-qarshilikda mehmonlar 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Dastavval, 14-daqiqada Arslonmurot Amonov hisobni ochib, buxoroliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan yana 14 daqiqa o‘tgach esa Muhammadanas Hasanov bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol etib, muvozanatni tikladi.
Birinchi bo‘lim so‘nggida esa Shavkat Salomov birga-bir vaziyatdan unumli foydalanib, “Buxoro”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Yakunda esa aynan ushbu gol Ulug‘bek Baqoyev jamoasiga 3 ochko olib keldi.
Pepsi Superliga. 12-tur
Qo‘qon. "Markaziy" stadion. 7 842 tomoshabin
"Qo‘qon-1912" - "Buxoro" 1:2
Gollar: Muhammadanas Hasanov (28) - Arslonmurod Amonov (14), Shavkat Salomov (45+1)
"Qo‘qon-1912": 1. O‘tkir Yusupov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov, 18. Bahodir Pardayev (9. Nosir Otaqo‘ziyev 46), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Igor Taran (17. Quvondik Ro‘ziyev 46), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov.
Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 4. Bahodir Akramov, 5. G‘iyos Komilov, 14. Avazxon Mamatxo‘jayev, 19. Suxrob Berdiyev.
“Buxoro”: 1. Akmal Tursunboyev, 3. Bobur Amonov, 7. Arslonmurod Amonov, 8. Salamat Qutiboyev, 10. Shavkat Salomov (77. Javohir Qahramonov 77), 11. San’at Shixov, 16. Artyom Filiposyan, 22. Shaxboz Erkinov (86. Aziz Ibragimov 75), 27. Robbim Hasanov, 28. Ergash Ismoilov, 89. Sergey Rusetskiy.
Zaxira: 30. Asilbek Amonov, 9. Nozim Umurov, 14. Bahodir Nasimov, 17. Akobir To‘rayev, 19. Anvar Jo‘rayev, 55. Rahmatullo Berdimurodov, 66. Mirjalol Jumayev, 77. Javohir Qahramonov, 86. Aziz Ibragimov.
Chetlatish: Ergash Ismoilov (90+5) “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi