"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Real Madrid"ga qarshi kechgan Chempionlar Ligasi finalidagi mag‘lubiyat (3:1) haqida fikr bildirdi.
"Bizning o‘yin rejamiz shunchaki uchrashuvda g‘olib bo‘lish edi, boshqa variantlar yo‘q. Biz yaxshi boshladik, rejaga ko‘ra o‘ynayotgan edik.
Ramos va Saloh o‘rtasidagi to‘qnashuv dahshatli ko‘rindi. Biz pozitiv turtkini yo‘qotdik, bu jamoa uchun shok holat bo‘ldi. Biz ortga chekindik va Luka Modrich hamda Toni Kroosgacha yetib bora olmadik. Biz ko‘p mehnat qilish va yugurishga majbur bo‘ldik, biz buni qila boshladik, tanaffus vaqti keldi. Gollarmi? Biz bitta gol urdik, ular uchta.
Saloh jarohati haqida gapiradigan bo‘lsam, bu juda jiddiy, uning yelkasi shikastlangan. U o‘yinni davom ettirishi mumkin edi, uni hali ko‘rganim yo‘q. U rentgen uchun shifoxonaga ketdi.
Darvozabonning xatolariga kelsak, Loris hammasini tushunib turibdi, barcha hammasini tushunib turibdi. Bular aynan shu o‘yinda, shunday mavsumda bo‘lgani afsuslanarli hol – men unga achinaman", – dedi Klopp.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi