O‘zbekiston kubogi 1/8 finali doirasidagi “Iftixor” – “Paxtakor” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida qanotdan oshirilgan to‘pni Jasur Yaxshiboyev darvozaga yo‘llay olmadi. 30-daqiqada Jasur Hakimovning zarbasi ozgina noaniq chiqdi.
34-daqiqada Azim Ahmedovning qanotdan oshirgan to‘pini Jasur Hakimov boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi - 0:1.
48-daqiqada Yaxshiboyev jarima maydoni tashqarisidan uzoq burchakka yerlatib aniq zarba yo‘lladi - 0:2.
Oradan ikki daqiqa o‘tgach Chap qanotdan Andreyev oshirgan to‘pni Yaxshiboyev boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi - 0:3.
54-daqiqada jarima maydonida himoyachini aldab o‘tgan Doston darvozani osonlikcha ishg‘ol qildi - 0:4.
73-daqiqada Andreyevning qanotdan oshirgan to‘pini Hakimov yana boshi bilan darvozaga yo‘lladi - 0:5.
83-daqiqada Doston Ibrohimov yaqin masofadan aniq zarba berib, dublini nishonladi - 0:6.
O‘zbekiston Kubogi. 1/8 final.
“Iftixor” – “Paxtakor” 0:6
Gollar: Jasur Hakimov 34, - 0:1. Jasur Yaxshiboyev 48, - 0:2. Jasur Yaxshiboyev 50, - 0:3. Doston Ibrohimov 54, - 0:4. Jasur Hakimov 73, - 0:5. Doston Ibrohimv 83, - 0:6.
"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreyev (s), Sherzod A’zamov (Vladimir Kozak, 53), Yegor Krimets, Xojiakbar Alijonov, Azim Ahmedov (Farrux Sayfiyev, 79), Jamshid Iskanderov, Doston Ibrohimov, Jasurbek Yaxshiboyev (Jaloliddin Masharipov, 89), Bahrom Abdurahimov (Dilshod Rahmatullayev, 58), Jasurbek Hakimov (Ismoil Gonsalvesh, 74)
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Akmal Shorahmedov.
"Iftixor": Xurshidbek Muhammadov, Asadbek Ma’murov (Isroil Muxtoraliyev, 78), Oyatulloxon Muhiddinov, Akmal Xolmatov (Po‘latjon Sharifov, 69), Dilmuhammad Xudoyberdiyev (Biloljon Abdulnabiyev, 75), Umidjon Matmusayev (s), Muhiddinjon Yusupov, Farrux Axunov, Shuhratjon O‘rinboyev (Asrorbek Tilavoldiyev, 37), Nodirbek Yo‘ldoshev, Ilhomjon Aliboyev
Zaxira: Ilhom Jumanov, Muhammadzoir Tursunov, Abbosjon Nosirov.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi