
Fransiya va Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Parijdagi «Stad de Frans» stadionida kechgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Birinchi bo‘lim oxirlab borayotgan bir vaqtda Olive Jiru va Nabil Fekir ketma-ket irlandlar darvozasini ishg‘ol qilishdi. Ikkinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya mundial guruh bosqichida Avstraliya, Peru va Daniyaga qarshi kurash olib boradi. Irlandiya esa JCh yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Fransiya – Irlandiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 40 Jiru, 2:0 – 43 Fekir.
Fransiya – Mandanda, Rami, Mendi (Lyuka Ernandes, 63), Umtiti (Kimpembe, 64), Sidibe (Pavar, 82), Matyuidi, Nzonzi, Tolisso (Pogba, 77), Fekir (Grizmann, 64), Mbappe (Dembele, 77), Jiru.
Irlandiya – Doyl, Daffi, Koulmen, Uilyams (Doerti, 82), Long (Uilyams, 80), O`Doda (Berk, 70), Rays, Makkleyn, Braun (Arter, 59), Uolters (Meyler, 59), Long (Djadj, 70).
Ogohlantirishlar: Makkleyn (21), Arter (69).
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar