“Liverpul”ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh 4 haftagacha vaqtni jarohatini da’volash bilan o‘tkazib yuborishi mumkin.
L'Equipe nashri xabariga ko‘ra, YECHL finalida “Real”ga qarshi kechgan o‘yinning birinchi bo‘limida chap yelkasidan jarohatlanib maydonni tark etishga majbur bo‘lgan futbolchi Ispaniyada tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Uning chap yelkasidagi bo‘g‘imlar uzilishi qayd etilgan va u bu jarohatini da’volash uchun 3 haftadan 4 haftagacha vaqt sarflashi mumkin.
Bu holda Saloh Misr terma jamoasining JCH-2018 guruh bosqichida 15 iyun kuni Urugvayga qarshi va 19 iyun kuni Rossiyaga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.
Futbolchi 27 may kuni tiklanish jarayonini boshlagan, 29 may kuni u Ispaniyaga uchib kelib, da’volanish kursini davom ettirgan. U bu jarayonni yakunlab, Misr terma jamoasi ixtiyoriga yetib boradi.
28 may kuni futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqish qilib, jahon chempionatida terma jamoasiga yordam bera olishiga ishonch bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi