10:30 / 31.05.2018
2 444

“Real” murabbiylari Toshkentga yetib kelishdi (foto)

“Real” murabbiylari Toshkentga yetib kelishdi (foto)
“Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente Toshkentga tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida O‘FA vakillari, futbol ishqibozlari hamda OAV xodimlari katta tantanalar bilan kutib olishdi.

Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, Karlos Albert 2008-2015 yillar davomida “Real Madrid” ning asosiy jamoasida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va Iker Kasilyasdek jahonga mashhur darvozabonga ustozlik qilgan. Hozirda u “Real Madrid” klubida metodist sifatida ish olib bormoqda.

Ispaniyalik mutaxassislar 16 iyunga qadar yurtimizda bo‘lib, bolalarga futbol bo‘yicha master-klasslar o‘tab berishadi.

MOQ axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbirlar 1 iyun kunidan boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)