00:06 / 01.06.2018
4 449

“Gubernator kubogi”: To‘rt bokschimiz oltin medal sohibi bo‘ldi

"Губернатор кубоги": Тўрт боксчимиз олтин медал соҳиби бўлди
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks búyicha “Gubernator kubogi” musobaqasi yakunlandi.

Musobaqada Rossiya, O‘zbekiston, Belarusiya, Kuba, Ukraina, Bolgariya, Armaniston, Moldova, Ruminiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlarda kelgan charm qo‘lqop ustalari g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Turnirda - 56 kgda Miraziz Mirzahalilov, -75 kgda Isroil Madrimov va -81 kgda Bektemir Meliqo‘ziyev, +91 kgda Bahodir Jalolov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Finalga qadar janglarda zafar quchgan Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Shunqor Abdurasulov kabi bokschilarimiz musobaqaning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. Sanjar Tursunov, Iqboljon Xoldorov va Jasurbek Latipov o‘z vazn toifalarida bronza medal bilan taqdirlandi.

Shu tariqa “Gubernator kubogi”da O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 4 oltin, 3 kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Gubernator kubogi”: To‘rt bokschimiz oltin medal sohibi bo‘ldi