00:32 / 03.06.2018
3 898

Joze Mourino jahon chempionati favoritlarini aytdi

Joze Mourino jahon chempionati favoritlarini aytdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino jahon chempionatida g‘alaba qozonishi ehtimoli katta bo‘lgan terma jamoalarni nomladi, deb yozadi Kun nashri.

«Messi va Ronaldu juda zo‘r futbolchilardir. Ular terma jamoasini ancha kuchaytirishga qodir. Menimcha, Argentina va Portugaliya musobaqada zafar quchishi mumkin.

Braziliya ham Tite qo‘l ostida juda yaxshi o‘ynamoqda. Himoya ham ancha kuchli. Bundan tashqari, ularda Braziliyaga xos tabiiy iqtidor bor.

Ispaniya saralashda zo‘r ishtirok etdi. Unda tajribali va sifatli futbolchilar to‘plangan. Ammo, jahon chempionatida syurprizlar ham yuz berib turadi» - deb Mourino so‘zlarini keltirmoqda GQ.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino jahon chempionati favoritlarini aytdi