22:06 / 03.06.2018
3 296

Umid Ahmadjonov Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi

Умид Аҳмаджонов Real Madrid Foundation Clinic дастурининг очилиш маросимида иштирок этди
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va "Real Madrid" klubi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan yurtimizda Real Madrid Foundation Clinic dasturini ishga tushirish bo‘yicha dastlabki harakatlar boshlangani haqida xabar bergan edik.

Ana shu dasturga asosan poytaxtimizga “Qirollik klubi”ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente tashrif buyurishgan.

Bugun “Bunyodkor” stadionida Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, “Real Madrid” klubi murabbiylari va boshqa mutassaddilar ishtirok etishdi.

Ispaniyalik mutaxassislar O‘FA bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu dastur kelajakda o‘zbek futboliga foydasi tegishiga ishonchlari komil ekanini ta’kidlab, bu borada qo‘llaridan kelgancha yordam berishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tishdi.

Ochilish marosimi jajji bolakaylar uchun haqiqiy futbol bayramiga aylanib ketganini ta’kidlab o‘tish zarur. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan quvnoq kuy-qo‘shiqlar, turli shou dasturlari yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

"Real Madrid" klubi murabbiylari yurtimizda 16 iyun kuniga amaliy tadbirlar o‘tkazishadi. Tadbirlar davomida bolalar bilan turli master klasslar, nazorat uchrashuvlari, “Summer cup” turniri va boshqa musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov Real Madrid Foundation Clinic dasturining ochilish marosimida ishtirok etdi