
Shu yilning 16 martida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Qarorda «Bunyodkor» stadionining butun majmuasi va inshootlari futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar uchun o‘quv-mashg‘ulot jarayonlarini tashkil etish va sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlarni o‘tkazishda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining asosiy bazasi hisoblanishi belgilab qo‘yilgan edi.
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotoga ko‘ra, «Bunyodkor» stadionining nomi ham o‘zgargan. Endi u «Milliy» deya nomlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar