00:57 / 06.06.2018
3 203

«Manchester Yunayted» Fred transferi haqida e’lon qildi

«Manchester Yunayted» Fred transferi haqida e’lon qildi
«Shaxtyor» va «Manchester Yunayted» braziliyalik yarim himoyachi Fred transferi bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishgan.

Klublar hozircha kelishuvning barcha jihatlarini oshkor etishmadi, ammo «MYu» 25 yoshli ushbu xavbek uchun 60 million yevro atrofidagi mablag‘ to‘lashi ma’lum bo‘lgan.

Braziliyalik futbolchi «qizil iblislar» bilan 5 yillik shartnoma tuzadi, uning yillik maoshi miqdori 5 million yevroga teng bo‘ladi.

Tayanch yarim himoyasida harakat qiluvchi Fred «Shaxtyor»da 5 yildan buyon to‘p surib kelayotgandi – u donetskliklar klubiga 2013 yilda «Internasonal»dan kelib qo‘shilgan. Braziliyalik xavbek konchilar jamoasi safida jami 155 o‘yin o‘tkazib, jami 15 gol urgan va 15 golga uzatma bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Manchester Yunayted» Fred transferi haqida e’lon qildi