16:56 / 08.06.2018
3 403

Uch nafar bokschilarimiz “Prezident kubogi”ning yarim finaliga yo‘l oldi

Uch nafar bokschilarimiz “Prezident kubogi”ning yarim finaliga yo‘l oldi
Astana shahrida o‘tayotgan boks bo‘yicha VI xalqaro “Prezident kubogi” turnirining uchinchi kungi janglaridan so‘ng musobaqaning ilk yarim finalchilari aniqlandi. Bunda besh nafar bokschimiz ringga ko‘tarilishdi.

60 kg vaznda ajoyib janglar o‘tkazayotgan Shunqor Abdurasulov chorak finalda filippinlik Charli Suaresga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibiga umuman imkoniyat qoldirmadi va bokschilarimiz orasida birinchilardan bo‘lib, yarim finalga yo‘l oldi. 5:0. Bokschimiz yarim finalda mezbonlar vakili Zakir Safiullin bilan kuch sinashadi.

Yana bir qiziqarli va murosasiz o‘tgan jangda Mahmud Gaipov xitoylik Maimaititu Ersun-Kiongni 3:2 hisobida taslim qildi. Endi u yarim finalda Abdulhay Jusupov bilan kuch sinashadi. Shuningdek, 81 kgda Bektemir Meliqo‘ziyev hindistonlik Devanshu Jaisval o‘zaro bahs olib borib, ikkinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi.

Musobaqani tark etgan vakillarimiz orasida 52 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Jasurbek Latipov mezbonlar vakili A.Muzaffarov bilan kuch sinashdi va afsuski, birinchi raunddayoq nokautga uchradi.

Bundan tashqari eng yuqori vazn toifasida (+91 kg) Ulug‘bek Mubinovning ushbu turnirda rossiyalik Maksim Babaninga qarshi olib borgan ilk jangi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uch nafar bokschilarimiz “Prezident kubogi”ning yarim finaliga yo‘l oldi