15:25 / 09.06.2018
3 050

AQSh prezidenti Muhammad Alini afv qilmoqchi

AQSh prezidenti Muhammad Alini afv qilmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp mashhur bokschi Muhammad Alini afv etishi mumkinligini aytdi, deya xabar bermoqda Azon.uz.

Trampning bildirishicha, marhum sportchining ismi afv etilishga nomzod bir necha ming kishilik ro‘yxatga kiritilgan.

Muhammad Ali 1967 yilda, Vetnam urushi chog‘ida harbiy xizmatga borishni istamagani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etish, 10 ming dollar miqdoridagi jarima va boks musobaqalarida qatnashmaslikka hukm qilingan edi.

Ali turmaga tushmadi, chunki apellyatsiyani ko‘rib chiqish chog‘ida hukmni ijro etish kechiktirilgan edi, 1971 yilda esa AQSh Oliy sudi hukmni bekor qildi. Biroq sudlanganligi tufayli bokschi qariyb to‘rt yil ringga chiqa olmadi.

Hali ham Muhammad Alining manfaatlarini himoya qiluvchi advokat Ron Tvil prezidentning so‘zlarini ma’nisiz deb atadi.

“Biz prezident Trampning munosabatini qadrlaymiz, lekin afv etishga hojat yo‘q. AQSh Oliy sudi 1971 yilda Muhammad Aliga chiqarilgan hukmni bekor qilgan. Kechirilishi kerak bo‘lgan ayb yo‘q”, – dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » AQSh prezidenti Muhammad Alini afv qilmoqchi