
Braziliya terma jamoasi Avstriya termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Gollarga Gabriel Jezus, Neymar va Filippe Koutino mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun Rossiyadagi mundial guruh bosqichida Braziliya termasi Shveysariya (17 iyun kuni)ga qarshi ilk o‘yinda maydonga tushadi. Keyinroq esa Kosta-Rika (22 iyun kuni) va Serbiya (27 iyun kuni) terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Avstriya – Braziliya 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 36 Gabriel Jezus, 0:2 – 63 Neymar, 0:3 – 69 Koutino.
Avstriya – Lindner, Predl, Xinteregger, Alaba, Dragovich (Danzo, 70), Shopf (Xirlender, 58), Baumgartlinger, Shlager (Burgshtaller, 58), Grillich (Jul, 66), Arnautovich, Layner.
Braziliya – Alisson, Tiago Silva (Markinos, 60), Marselo (Filipe Luis, 67), Danilo, Miranda, Kazemiro (Fernandino, 61), Paulino, Koutino (Tayson, 76), Villian, Gabriel Jezus (Firmino, 67), Neymar (Duglas Kosta, 84).
Ogohlantirishlar: Shopf (38), Predl (54), Neymar (63).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar