Futbol bo‘yicha jahon chempionati starti oldidan, bugun Rossiya poytaxtidagi «Kempinski otel» mehmonxonasida Osiyo futbol Konfederatsiyasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda FIFA Prezidenti Janni Infantino ham ishtirok etdi.
Xabaringiz bor, bu yilgi Mundialda qit’amiz sharafini to‘rtta terma jamoa – Eron, Yaponiya, Saudiya Arabistoni va Avstraliya termalari himoya qilishadi. Bugungi yig‘ilishda FIFA Prezidenti Janni Infantino, qolaversa Osiyo futbol Konfederatsiyasi rahbari Shayx Salmon bin Ibrohim Al Halifa jahon chempionatida ishtirok etuvchi Osiyo terma jamoalari va hakamlarga omad tiladi.
Jumladan, Janni Infantino yig‘ilish davomida shunday dedi: «Osiyoda futbol jadallik bilan rivojlanib boryapti. Umid qilamanki, bu yilgi musobaqada Osiyo terma jamoalari ham o‘zlarini har tomonlama ko‘rsata olishadi. Qolaversa, ayni paytda Osiyoda hakamlik sohasi ham ancha rivojlangan. So‘nggi yillarda ushbu qit’adan bir qator kuchli referilar yetishib chiqdi. Jahon chempionatining final bosqichida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi ham bugungi kunda aynan Osiyolik hakam Ravshan Ermatov bo‘lib turgani ham fikrimga isbot bo‘la oladi».
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatida Osiyoning besh karra eng yaxshi hakami, hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada ham ishtirok etadi. Shuningdek, o‘zbek futboli tarixida ilk marotaba Alim Arifov jahon chempionatida komissar vazifasini bajaradi.
Yig‘ilishdan so‘ng MOQ Prezidenti va O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Janni Infantino bilan uchrashdi. MOQ rahbari mamlakatimizda sport sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida FIFA Prezidentiga so‘zlab berdi. O‘z navbatida, jahondagi eng qudratli sport tashkilotlaridan birining rahbari Infantino ham o‘zbek sportida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholadi va yaqin orada shaxsan o‘zi Toshkentga tashrif buyurishini va o‘zgarishlarni bevosita kuzatishini ta’kidlab o‘tdi.
Rejaga ko‘ra, shu yilning o‘zida «Milliy» stadion (sobiq «Bunyodkor») hududida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi uchun yangi bino qurilish ishlari boshlab yuboriladi. Binoga birinchi g‘ishtni aynan FIFA prezidenti Janni Infantino qo‘yib berishi kutilmoqda. Demak, shu yil yakuniga qadar FIFA rahbari Toshkentga tashrif buyuradi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati 14 iyun kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida boshlanadi. Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan ochilish uchrashuvini MOQ Prezidenti va O‘FA birinchi-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov ham bevosita stadiondan kuzatib boradi.
Manba: www.olympic.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi