“Neftchi” – “Paxtakor” bahsidan so‘ng toshkentliklar bosh murabbiyi Shota Arveladze o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
- Bahsga doimgidek tayyorgarlik ko‘rdik. Balki jamoamiz safidagi bir qator o‘yinchilarda xorij yig‘inlaridagi charchoq alomatlari sezilgandir. O‘yin qiziqarli o‘tdi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalanib gol urishimiz darkor edi. Bahsdan shunday xulosaga keldimki, Superligada oson o‘yin yo‘qligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Hozir uch ochkoni xech kim “sovg‘a” qilib bermaydi. Raqibning yosh tarkibini bugungi natija bilan tabriklashni istardim. “Neftchi”ning yosh o‘yinchilari bugungi bahsda katta hajmdagi ishni bajarishdi va natijada o‘zlarining ulkan hissalarini qo‘shishdi. “Paxtakor” navbatdagi bahslarga e’tibor qaratadi va endi yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish borasida ko‘proq ishlaymiz
- Bugun “Paxtakor” raqibni pisand qilmadimi yoki “Neftchi” raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatdimi?
- Bugun “Neftchi” jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Raqibni mensimadik degan fikrdan yiroqdaman. O‘ylashimcha, farg‘onaliklar xar bir bahsda mana shunday kuchli o‘yin ko‘rsatishadi. Bu birinchisi emas. Futbolda yaratilgan vaziyatlardan foydalanish kerak. “Neftchi” misolida aytamanki, raqib bitta vaziyatdan aniq foydalandi va gol kiritdi. - dedi Shota Arveladze
Manba: “Neftchi” matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti