11:28 / 15.06.2018
5 114

Kreml Putinning Saudiya shahzodasiga nisbatan harakatiga izoh berdi

Kreml Putinning Saudiya shahzodasiga nisbatan harakatiga izoh berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov davlat rahbarining JCh-2018 ochilish uchrashuvi vaqtida Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga qarata qilgan harakatiga izoh berdi. Bu haqda «Govorit Moskva» radiostansiyasi xabar qilgan.

«Bu hissiyotlar! Sportdagi g‘alaba uchun uzr so‘ralmaydi», - dedi Peskov.

Rossiya prezidenti RF milliy terma jamoasining har bir golidan so‘ng yelkalarini qisgan va tabassum qilgan.

Rossiya termasi JCh-2018 ilk uchrashuvida Saudiya Arabistonini yirik hisobda mag‘lub etdi.

Ta’kidlanishicha, Putin o‘yin yakunlanganidan so‘ng Saudiya Arabistoni shahzodasini quchoqlagan.

Stanislav Cherchesov shogirdlari keyingi bahsda Urugvay termasi bilan kuch sinashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kreml Putinning Saudiya shahzodasiga nisbatan harakatiga izoh berdi