21:47 / 15.06.2018
2 288

JCh-2018. Oskar Tabares: "Suares o‘ynay olmadi? Hammada omadsizlik bo‘lib turadi"

ЖЧ-2018. Оскар Табарес: "Суарес ўйнай олмади? Ҳаммада омадсизлик бўлиб туради"
Jahon chempionatining "A" guruhi 1-tur uchrashuvida Urugvay terma jamoasi Misrni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida urugvayliklar ustozi Oskar Tabaresning fikrlari quyidagicha bo‘ldi:

- "Biz yaxshi o‘yin namoyish etdik. Raqib ham bo‘sh kelmadi. O‘ylaymanki, keyingi bahslarda yanada yaxshiroq harakat qilamiz. Jamoa yutishi uchun hamma bir mexanizmdek ishlashi kerak. Hech kim shunchaki maydonda yugurdi deb o‘ylamayman".

- "Suares yaxshi o‘ynay olmadi? Bilasizmi, hatto buyuk futbolchilarda ham omadsizliklar bo‘lib turadi. Messi, Maradona, Pele - ularda ham shunday kunlar bo‘lgan. Lekin Suares hali o‘zini ko‘rsatadi. Biz uning salohiyatini juda yaxshi bilamiz, shuning uchun xavotirga o‘rin yo‘q".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2018. Oskar Tabares: "Suares o‘ynay olmadi? Hammada omadsizlik bo‘lib turadi"