
Braziliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Neymar portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messi haqida fikr bildirib o‘tdi.
«Boshqa futbolchilardan ustun bo‘lgan ikkita o‘yinchi bor bu – Messi va Ronaldu. Barcha kamtarinliklarim bilan aytishim mumkinki, dunyoning eng yaxshi futbolchisi menman, chunki Krishtianu va Lionel boshqa sayyora vakillari.
Ochig‘ini aytganda esa men dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgim kelmayapti. Men jahon chempionatida g‘alaba qozonmoqchiman. Ushbu sovrin meni, oilamni va vatanimni juda ham xursand qilgan bo‘lar edi», - deydi Neymar Goal nashriga.
Guruh bosqichida Braziliya Shveysariya, Serbiya va Kosta-Rika bilan kuch sinashadi.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar