11:57 / 17.06.2018
5 070

JCh—2018. Bugungi o‘yinlar: Germaniya—Meksika, Braziliya—Shveysariya, Kosta-Rika—Serbiya

JCh—2018. Bugungi o‘yinlar: Germaniya—Meksika, Braziliya—Shveysariya, Kosta-Rika—Serbiya
Bugun, 17 iyun sanasida Rossiyada o‘tayotgan futbol bo‘yicha Jahon Chempionatining 1-turi davom ettiriladi.

Kun taqvimidan uchta o‘yin o‘rin olgan.

Kunning dastlabki o‘yini «E» guruhidan o‘rin olgan Kosta-Rika va Serbiya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Bellashuv 17:00 da boshlanishi belgilangan.

Foto: FIFA
Mazkur guruhning ikkinchi o‘yini esa mundial favoritlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Braziliya hamda Shveysariya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin esa tunda, 23:00 da boshlanishi belgilangan.

Foto: FIFA
«F» guruhining dastlabki o‘yinida amaldagi Jahon chempioni Germaniya Meksika qarshi kurash olib boradi. Bu uchrashuv esa 20:00 da boshlanadi.

Barcha o‘yinlar UzReport hamda Futbol-TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Jahon Chempionati
«E» guruhi, 1-tur bellashuvlari


17 iyun, yakshanba

Kosta-Rika — Serbiya 17:00
Braziliya — Shveysariya 23:00

«F» guruhi

Germaniya — Meksika 20:00

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh—2018. Bugungi o‘yinlar: Germaniya—Meksika, Braziliya—Shveysariya, Kosta-Rika—Serbiya