12:30 / 18.06.2018
3 927

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Germaniya ustidan g‘alaba sirini oshkor etdi

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Germaniya ustidan g‘alaba sirini oshkor etdi
Moskvadagi «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tgan, Meksika terma jamoasining nemis futbolchilari ustidan minimal g‘alabasi bilan yakunlangan JCh-2018 «F» guruhi uchrashuvidan so‘ng, Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xuan Karlos Osorio o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba sababini aytib o‘tdi.

«Meksika terma jamoasining Germaniya terma jamoasi ustidan guruh bosqichi uchrashuvida g‘alaba qozonganiga sabab — ular jahonning amaldagi chempioniga qarshi o‘yinashdan qo‘rqishmadi», — dedi jurnalistlarga Meksika bosh murabbiyi Xuan Karlos Osorio.

«Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yagona golni o‘yinning 35-daqiqasida Irving Losano urdi.

Meksika terma jamoasi keyingi uchrashuvni 23 iyun kuni «Rostov arena»da Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Germaniya ustidan g‘alaba sirini oshkor etdi