
Rossiya yashil maydonlarida o‘tayotgan mundialning “F” guruhi birinchi tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Shvetsiya terma jamoasi Janubiy Koreya futbolchilarini sinovdan o‘tkazishdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvning 65-daqiqasida Grankvist tomonidan penaltidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi. Ushbu o‘yin haqidagi qisqa lavhalarni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.
JCh-2018, “F” guruhi
Shvetsiya – Janubiy Koreya – 1:0
Gol: Grankvist (pen. 65).
Shvetsiya: Olsen, Yansson, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Ekdal (Xilemark, 71), Larsson (Svensson, 81), Forsberg, Berg, Toyvonen (Telin, 77).
Janubiy Koreya: Chjo Xen U, Kim Yen Gvon, Pak Chju Xo (Kim Min U 28), Li Yen, Chjan Xen Su, Ki Son Yen, Ku Chja Chxol (Li Sin U, 72), Li Chje Son, Xvan Xi Chxan, Son Xin Min, Kim Sin Uk (Chjon U Yen, 66).
Ogohlantirishlar: Kim Sin Uk (12), Xvan Xi Chxan (55), Klasson (61).
Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhning ilk bahsda Meksika Germaniya termasidan 1:0 hisobida ustun kelgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar