
Afsonaviy hujumchi Diyego Maradona Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaolini Islandiya bilan qayd etilgan durangdan so‘ng keskin ravishda tanqid ostiga oldi.
«Agar terma jamoa shu tariqa o‘ynashda davom etsa, Sampaoli Argentinaga qayta olmaydi. Jamoa o‘yinga tayyor emas edi, bu sharmandali holat! Islandiya futbolchilari 190 sm bo‘yga egaligini bila turib, biz burchak to‘pini qisqa pas orqali o‘ynab ko‘rmadik.
Men futbolchilarni ayblamoqchi emasman. Men bosh murabbiyni o‘yinga yetarlicha tayyorlay olmagani uchun ayblamoqdaman. Siz musobaqaga 25 nafar ajoyib futbolchi bilan kelishingiz mumkin, lekin ular bilan ishlash kerak. Biz islandiyaliklarning o‘yinga yaxshi tayyorlanib kelganini ko‘rdik va bu ayanchli», - deydi Maradona.
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar