Futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida bosh hakam sifatida ishlayotgan Ravshan Ermatov 2-tur doirasidagi Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradi.
Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.
Bu o‘yin Ermatov uchun jahon chempionatlari tarixidagi 3-turnirda hakamlik qilishi bo‘ladi. Shuningdek o‘zbekistonlik hakam 10-uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlaydi. Ermatov bu orqali o‘zi tomonidan o‘rnatilgan mutlaq rekordni yangilaydi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar hech bir hakam JCh final bosqichi o‘yinlarida 10ta o‘yinni boshqarmagan.
Ma’lumot uchun, Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 21 iyun kuni Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi