
JCh-2018 guruh bosqichining 2-turida Fransiya terma jamoasi Peru futbolchilari bilan kuch sinashdi. Uchrashuv Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tdi va unda Yevropa vakillari yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.
Uchrashuv Fransiya terma jamoasi ustunligi ostida boshlandi, biroq gol urish faqatgina 34-daqiqada Kilian Mbappega nasib etdi. 19 yosh 183 kunlik bo‘lgan futbolchi Fransiya terma jamoasi safida JCh va YeVda to‘p kiritgan eng yoshi bo‘ldi. Goldan keyin fransuzlar raqiblariga ham erkinlik berishdi biroq o‘yinni nazorat qilib turdi. Peruliklar ham vaqti-vaqti bilan hujumda yaxshi harakat qilishdi.
Dide Desham shogirdlari mana ikkinchi o‘yinki, bor kuchini ko‘rsatmasdan harakat qilib 3 ochkoni qo‘lga kiritmoqda. Peruliklar esa pley-off bosqichidan umidlarini deyarli uzishdi.
JCh-2018 S guruhi
Fransiya – Peru 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 34 Mbappe.
Fransiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Pogba (Nzonzi, 89), Kante, Matyuidi, Grizmann (Fekir, 80), Jiru, Mbappe (Dembele, 75).
Peru – Galese, Ramos, Trauko, Advinkula, Rodriges (Santamariya, 46), Kueva (Ruidias, 82), Yotun (Farfan, 46), Flores, Akino, Karrilo, Gerrero.
Ogohlantirishlar: Matyuidi (16), Gerrero (23), Akino (81), Pogba (86).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar