Bugun, 22 iyun sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining 2-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Odatdagidek, kun taqvimidan 3 ta o‘yin o‘rin olgandi.
Kunning ikkinchi uchrashuvi «D» guruhining ikki jamoasi — Nigeriya hamda Islandiya termalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Unda Afrika qit’asi vakillari g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdagi eng qiziqarli vaziyatlar va urilgan gollarni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.
Uchrashuvning birinchi yarmi golsiz durang bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida Ahmad Musa hisobni ochdi. 75-daqiqada esa uning o‘zi farqni ikkitaga yetkazdi. 80-daqiqaga kelib, hakamlar VAR tizimi yordamida Nigeriya darvozasiga penalti belgiladi. Ammo Gilfi Sigurdsson bu imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Shu tarzda hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmasdan qoldi.
2-turdan so‘ng Xorvatiya muddatdan oldin pley-offga chiqqan bo‘lsa, Nigeriya, Islandiya va Argentina terma jamoalari bu masalani 3-turga qoldirdi.
Jahon Chempionati
«D» guruhi, 2-tur bellashuvi
22 iyun, juma
Nigeriya—Islandiya 2:0
Gollar: 1:0 — 49 Ahmad Musa, 2:0 — 75 Ahmad Musa.
Amalga oshirilmagan penalti: 81 Gilfi Sigurdsson
Nigeriya: Frensis Uzoxo, Uilyam Ekong, Brayan Idovu (Tyronne Ebuehi 46), Leon Balogun, Oniniye Ndidi, Ogenekaro Etebo, Jon Obi Mikel, Viktor Mozes, Ahmad Musa, Kelechi Ixeanacho (Odion Igxalo 85), Kennet Omeruo.
Islandiya: Hannes Halldoursson, Ragnar Sigurdsson (Sverrir Ingason 65), Hyordur Magnusson, Birkir Sevarsson, Kari Arnason, Aron Gunnarsson (Ari Skulason 87), Gilfi Sigurdsson, Rurik Gislason, Birkir Byarnason, Alfred Finnbogason, Yon Bodvarsson (Borm Bergmann Sigurdsson 71).
Ogohlantirish: Brayan Idovu (44).
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi