
Londonning “Chelsi” klubi sobiq hujumchisi Dide Drogba Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida qaysi terma jamoa g‘olib chiqishi mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Jahon chempionati favoritlari haqida gapiradigan bo‘lsak, men Belgiyani tanlagan bo‘lardim. Aynan ular JCh-2018ni yutadi deb o‘ylayman. Bu jamoa haqida hech kim gapirmayapti, ammo Lukaku, De Bryuyne, Kompani, Azar – bular buyuk futbolchilar. Bu terma jamoada mening do‘stlarim ko‘p va aynan shu sabab men ularga muxlislik qilaman”, - deydi Drogba.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing