21:32 / 28.06.2018
3 141

JCH-2018 “H” guruhi: Yaponiya “yaponcha” tartib-intizom evaziga pley-offda (foto)

ЖЧ-2018 "H" гуруҳи: Япония "японча" тартиб-интизом эвазига плей-оффда (фото)
JCH-2018 doirasidagi “H” guruhidan o‘rin olgan 3-tur o‘yinlariga yakun yasaldi.

Ushbu “kvartet”da juda qiziq holat kuzatildi. Kolumbiya Senegalni yutib o‘z ochkolari sonini 6 taga yetkazdi va guruhda peshqadam bo‘ldi. Yaponiya esa mundialni muddatidan avval tark etgan Polshaga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa Senegal va Yaponiya to‘plagan ochkolar (4) bir xil ko‘rinishga keldi. Qizig‘i, ushbu jamoalarning to‘plar nisbati va kiritgan gollari soni ham (4tadan) bir xil bo‘ldi.

FIFA qoidasiga ko‘ra, jamoalarning ochkolari, to‘plar nisbati, kiritgan gollari soni, o‘zaro o‘yini (durang) teng bo‘lib qolsa, unda “Fair play” amal qiladi. Ya’ni qaysi jamoada ogohlantirishlar soni kam bo‘lsa, o‘sha jamoa jadvalda yuqorilaydi. Yaponiya esa Senegalga nisbatan kam kartochka olgani ularga qo‘l keldi va nimchorak finalga yo‘l olishdi. Senegal esa mundialni guruh bosichida yakunlashiga to‘g‘ri keldi. Polsha esa o‘z uyiga 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2018 “H” guruhi: Yaponiya “yaponcha” tartib-intizom evaziga pley-offda (foto)