17:43 / 12.07.2018
3 080

“Lokomotiv” klubi tarkibiga qo‘shib olingan futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi

“Lokomotiv” klubi tarkibiga qo‘shib olingan futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi
Yangi futbolchilarni tanishtirish uchun o‘tkazilgan tadbirda “Lokomotiv” bosh direktori o‘rinbosari To‘labek Akramov, klub bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov va jamoasiga kelib qo‘shilgan Anzur Ismoilov, Temurxo‘ja Abduholiqov hamda Nikolay Pogrebnyaklar ishtirok etishdi.
Dastlab klub rahbariyati va bosh murabbiy Superliganing keyingi, asosiy qismiga tayyorgarlik haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Andrey Fyodorov (bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi):
Xayrli kun hurmatli mehmonlar. Mavsum oralig‘ida vujudgan tanaffusdan unumli foydalandik. Minskdagi yig‘in juda samarali o‘tdi, deb bemalol ayta olaman. Biz o‘zimiz o‘ylagan rejalarimiz doirasida yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Yig‘in davomida bir oz taktimizga o‘zgartirish kiritdik. Bir nechta nazorat uchrashuvlarda maydonga tushdik. Bizga raqib bo‘lgan klublar xar hil futbol namoyish etadigan jamoalar. Futbolchilar mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda astoydil mehnat qilishdi. Jamoa safini to‘ldirgan futbolchilar o‘yinimizni kuchaytira olishadi.

Keyinchalik taqdimot marosimida “temiryo‘lchilar” safiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilarga “Lokomotiv” liboslarini tantanali ravishda taqdim etildi. Liboslarni futbolchilarga klub bosh direktor o‘rinbosari To‘labek Akramov topshirdi.

Anzur Ismoilovga 55-raqam, Nikolay Pogrebnyakka 21-raqam va Temurxo‘ja Abduholiqovga o‘zining sevimli 11-raqami topshirildi.

Shundan so‘ng jamoa tarkibiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Anzur Ismoilov:
Assalom aleykum. “Lokomotiv” sharafini himoya qilishga mavsum boshida va’da bergandim. Bu transfer avvalroq amalga oshishi lozim edi. Ammo klubim (Chanchun Yatay) bunga qarshilik qildi. Keyinchalik biz klub bilan bir to‘xtamga keldik va ular bilan o‘zaro kelishgan holda Xitoydagi faoliyatimni tugatdim. O‘zbekiston chempionati bu yil ancha kuchaygan. Internet saytlariga raxmat, Xitoydan turib ham o‘yinlarni, natijalarni kuzatib turdim. Ko‘p do‘stlarim shu yerda o‘ynashadi. Tabiiyki ularning o‘yinlarini ham kuzatib turdim. “Lokomotiv”ga kelishimning yana bir ijobiy tomoni “Lokomotiv” stadioni yonida katta bo‘lgan uyim joylashgan. Yoshligimdan futbolni shu yerdan boshlaganman. Klubga yilni boshida bergan va’damni ustidan chiqdim. Xitoy chempionati kuchli, hamma narsa professional tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Stadionlari ajoyib. Xitoy chempionatini yoqmagan tarafi bu mamlakatni judayam kattaligida. Chunki men o‘ynagan shaxardan o‘yinlarga borish uchun 5-6 soatlab samolyotda uchish kerak. Har doim o‘yindan ikki kun oldin yo‘lga chiqardik. Bitta o‘yinga borib kelish 4 kun vaqtni olardi. Yetti yarim yil o‘ynadim. Tasavvur qiling bu necha ming kilometr bo‘ladi (kuladi). Judayam uyga, Vatanimga qaytgim keldi. Xitoy chempionati legionerlar hisobiga kuchli. Hamma klublar o‘zlariga qimmat va kuchli legionerlarni qo‘shib olgan. O‘zbek klublari va Xitoy klublari solishtirsa bizniki kuchliroq. Chunki ular faqat legionerlarga tayanib to‘p suradi. Menga “Paxtakor”dan rasmiy taklif bo‘lmagan.

Nikolay Pogrebnyak:
Xayrli kun. “Lokomotiv” variantini menga agentim-akam taklif etdi. Aynan shu paytda klub Minskda yig‘in o‘tkazayotgan edi. 10 kun davomida jamoa bilan mashg‘ulotlarda qatnashdim, uchrashuvlarda maydonga tushdim. Mening harakatlarim murabbiylar shtabiga ma’qul keldi va biz shartnoma imzoladik. O‘zbek futboli haqida to‘g‘risini aytsam unchalik ham yaqindan tanish emasman. Faqat “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” klublari haqida eshitganman. Terma jamoangizning Jahon Chempionati 2018 saralashlaridagi natijalarini kuzatib borganman. Men chap qanotga yaqinroq markaziy himoyada ko‘proq o‘ynaganman.

Temurxo‘ja Abduholiqov:
Qatardagi faoliyatimdan so‘ng “Lokomotiv”ga qaytish eng to‘g‘ri yo‘l deb o‘yladim. Qolaversa, bu jamoa men uchun o‘z uyimdek bo‘lib qolgan. Bu yil ham o‘tgan yildek ajoyib natijalarni takrorlashga o‘z hissamni qo‘shishga harakat qilaman. Imkon qadar O‘zbekiston chempionatini kuzatib bordim. Chempionatimiz saviyasi, unga bo‘lgan e’tibor ancha kuchaygan. “Lokomotiv”da faoliyatimning eng mazmunli damlari o‘tgan. Jamoaga qo‘shilib ketishim ham oson bo‘ladi. Menda bir necha takliflar bo‘ldi. Takliflar hozir ham bor. Men o‘zimga yoqqan eng yaxshi taklifni tanladim. Qatarda futbol mamlakati hisoblanmasa ham hamma narsa to‘g‘ri yo‘lgan qo‘yilgan. Ammo muxlislar bilan ishlash, ularni stadionga tashriflari havas qiladigan darajada emas. Futbolga bo‘lgan e’tibor kuchli, xatto oddiy chiptadan boshlab. Butun mamlakat Jahon Chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Futboli, chempionati O‘zbekistonnikidan kuchli emas. Taktika, futbolga yondashuv, mentaliteti boshqacharoq. O‘yin jarayoni-tempi ham bizni futboldan yuqori emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Lokomotiv” klubi tarkibiga qo‘shib olingan futbolchilarni keng ommaga tanishtirdi