16:44 / 17.07.2018
3 409

Fazliddin G‘oibnazarov: «Kuchli raqibni mag‘lub etish bokschiga ruh bag‘ishlaydi» (foto)

Fazliddin G‘oibnazarov: «Kuchli raqibni mag‘lub etish bokschiga ruh bag‘ishlaydi» (foto)
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyatini olib borayotgan charm qo‘lqop ustasi Fazliddin G‘oibnazarov kuni kecha prof ringdagi beshinchi jangini o‘tkazdi. Hamyurtimiz ushbu bahsda amerikalik yengilmas raqibi Kevin Jonsonni ochkolar hisobiga ko‘ra (78:74) mag‘lub etdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti bokschimiz bilan bog‘lanib, uning jangdan keyingi fikrlari bilan qiziqdi.

«Birinchi navbatda menga muxlislik qilgan va qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytaman. Sizlarning qo‘llashingiz men uchun juda muhim, ayniqsa mana shunday kuchli raqibga qarshi rigga chiqqanimda. Jang qiyin bo‘ldi. Ammo, menga juda yoqdi. Raqib tajribali, baland bo‘yli va yaxshi tayyorgarlikka ega edi. Bunday bokschiga qarshi ringga chiqish va uni mag‘lub etish kishini yanada ruxlantiradi, qolaversa, ulkan tajriba taqdim etadi. Murabbiylarim bilan jangga reja ishlab chiqqandik. Ko‘rsatmalarni to‘liq bajara oldim va g‘alaba qozondim», – dedi bokschi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oibnazarov: «Kuchli raqibni mag‘lub etish bokschiga ruh bag‘ishlaydi» (foto)