22 iyul kuni tongda professional ringda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Bahodir Jalolov AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ushbu jangda superog‘ir vaznli bokschimizga amerikalik Kurtis Xid raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Xid bungacha professional boksda oltita jang o‘tkazgan va ularning to‘rttasida g‘alaba qozongan (3tasi nokaut bilan). Ikkita jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Bahodir esa professional ringdagi debyutini may oyida nishonlagan va o‘shanda meksikalik Ugo Truxiloni texnik nokaut evaziga mag‘lub etgandi.
- Jangga tayyorgarlik yuqori saviyada tashkil etildi. Ishonch bilan ayta olamanki, bahsga tayyorman. Ringga faqat bitta maqsad bilan chiqaman – g‘alaba qozonish! O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori ko‘tarib, yurtdoshlarimizni xursand qilmoqchiman, – dedi Jalolov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi