
Kecha Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tkazilgan Butunjahon boksyorlar superseriyasi finalida rossiyalik professional bokschi Murod Gassiyev ukrainalik raqibi Aleksandr Usikka ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berdi. Jang to‘liq 12 raund davom etdi va Usik hakamlar qaroriga ko‘ra, 120: 108, 119: 109, 119: 109 hisobda jangni o‘z foydasiga yakunladi. Bundan tashqari, u IBF, WBA, WBC kamarlariga ega bo‘ldi. Demak, endi professional boks olamida Usik — qirol!
Usik faoliyati davomida jami 15 ta jang o‘tkazgan, barchasida g‘alaba qozongan, shularning 11 tasini nokaut bilan yakunlagan. Gassiyev faoliyati davomida 27 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasini nokaut bilan yakunlagan.
Manba: Hordiq.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar