
Xabaringiz bor kecha mamlakatimizning bir qator shaharlarida Superliganing 18-turidan o‘rin olgan ba’zi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, kecha AGMK o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan o‘yinda Yovan Jokichning dubli olmaliqliklarga uzoq kutilgan g‘alabani taqdim etdi.
O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida buxoroliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
- To‘g‘risi bir narsa deyishim qiyin. So‘nggi uchrashuvlardagi mag‘lubiyatlar bizga ruhan qattiq ta’sir qildi. Shuning uchun bo‘lsa kerak biz tezlikda ruhiy muammomizni bartaraf qilishga ulgurmayapmiz. Deyarli har bir o‘yinda yigitlarda jarohat! O‘yinlar biz uchun og‘ir kechyapti nazarimda. Lekin bu doimiy emas, albatta. Yigitlarga rahmat. «AGMK»ni bugungi g‘alabasi bilan tabriklayman.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar