00:16 / 26.07.2018
4 165

Eron terma jamoasi hujumchisi rekord mablag‘ evaziga APL klubiga ko‘chib o‘tdi (foto)

Eron terma jamoasi hujumchisi rekord mablag‘ evaziga APL klubiga ko‘chib o‘tdi (foto)
Gollandiyaning AZ klubi forvardi Alirizo Jahonbaxsh faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Aniqrog‘i, 24 yoshli eronlik futbolchi rasman “Brayton” bilan shartnoma imzoladi. Biroq, ingliz klubi ushbu transferning qanchaga tushgani haqida ma’lum qilmayapti. Lekin, bu klub tarixidagi eng qimmat xarid bo‘lgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Brayton” Eron terma jamoasi a’zosi uchun golland klubiga 25 mln yevro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Jaxonbaxsh o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra 33ta o‘yinda 21ta gol urib, Gollandiya chempionati to‘purari bo‘lgan edi. Bundan tashqari 12ta golga assistentlik qilgan Eron terma jamoasi a’zosi chempionatda bu borada 3-o‘rinni egallagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eron terma jamoasi hujumchisi rekord mablag‘ evaziga APL klubiga ko‘chib o‘tdi (foto)