Bugun, 1 avgust kuni 1997 yilda tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamda tashkil etilayotgan xalqaro musobaqaga jo‘nab ketmoqda, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
Ravshan Xaydarov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi Indoneziyada bo‘ladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirok etishi sababli Vetnamdagi musobaqaga terma jamoamizni katta murabbiy Sunnatilla Abdurasulov olib boradi. 2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiada o‘yinlarining saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoaga ushbu ikki terma jamoadan nomzodlar tanlab olinadi.
30-31 iyul kunlari Toshkent shahrida yig‘in o‘tkazgan terma jamoamizga Vetnam shahridagi xalqaro musobaqada Vetnam, Ummon va Falastin olimpiya terma jamoalari raqiblik qilishadi. Musobaqa 3 avgustdan 8 avgustgacha davom etib, unda jamoamiz 3 ta o‘yinda maydonga tushadi.
Terma jamoamiz o‘tkazadigan o‘yinlar jadvali:
3 avgust
O‘zbekiston – Ummon. Boshlanish vaqti: 14:30
5 avgust
O‘zbekiston – Falastin.
7 avgust
Vetnam – O‘zbekiston. Boshlanish vaqti: 17:30
Izoh: Uchrashuvlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Vetnamga yo‘l olayotgan Olimpiya terma jamoamiz tarkibi bilan quyida tanishishingiz mumkin:
Darvozabonlar:
Hamrayev Dilshod («Navbahor»)
Karimov Sarvar («Qo‘qon-1912»)
Himoyachilar:
Alijonov Ilhom («Nasaf»)
Abdullayev Ibrohim («Surxon»)
Ismailov Ergash («Buxoro»)
Hoshimov Doniyor («Metallurg»)
Nasrullayev Sherzod («Nasaf»)
Rustamov Oybek («Qo‘qon-1912»)
Yarim himoyachilar:
Ismoilov Abrorbek («Neftchi»)
Qodirqulov Sanjar («Bunyodkor»)
Azimov Sardor («So‘g‘diyona»)
Nurulloyev Suhrob («Metallurg»)
Ahmadov Jahongir («Paxtakor»)
To‘xtasinov Nurillo («So‘g‘diyona»)
Ikromov Farruh («Bunyodkor»)
Abdullayev Abdulla («Bunyodkor»)
Yo‘ldoshev Ibrohim («Metallurg»)
Amonov Azizbek («Lokomotiv»)
Hujumchilar:
Xolto‘rayev Jasur («Sho‘rtan»)
To‘rayev Akobir («Buxoro»)
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Ukraina harbiy bo‘linmalari Xarkiv viloyatidagi yangi pozitsiyalarga o‘tkazildi
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
Toshkentda Cobalt avtomashinasi yonib ketdi
«Asr jangi»: Fyuri va Usik og‘ir vaznda mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang qiladi
Matbuot Putinning so‘nggi qarori ortida xosiyatsizlik ko‘rdi