
Amerikada bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro chempionlar kubogi musobaqasida «Manchester Yunayted» klubi «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bahsdagi barcha gollar birinchi bo‘limda kiritildi. 27-daqiqaga kelib Joze Mourino shogirdlari 2:0 hisobi bilan oldinda borayotgan edi, Aleksis Sanches va Ander Errera o‘z hisoblariga gol yozib qo‘ygan. Birinchi bo‘limning qo‘shib berilgan daqiqalarida Karim Benzema hisobni qisqartirdi.
O‘yinda kiritilgan gollarni quyidagi VIDEO orqali ko‘rishingiz mumkin.
International Champions Cup
«Manchester Yunayted» Angliya – «Real Madrid» Ispaniya 2:1 (2:1, 0:0)
Gol: 1:0 – 18 Sanches, 2:0 – 27 Errera, 2:1 – 45 Benzema.
«Manchester Yunayted» – De Xea, Bayi, Shou, Darmian, Mata (Garner, 82), Fred (Tuanzebe, 68), Pereyra, Maktomini (Mitchell, 79), Sanches, Errera, Fosu-Mensa.
«Real Madrid» – Kasilya (Lunin, 46), Valexo (Nacho, 77), Teo (Regilon, 46), Odriosola (Serxio Lopes, 62), Xaver Sanches, Sebalos (de Tomas, 62), Valverde (Isko, 77), Vinisius Junior (Oskar Rodriges, 62), Lorente (Asensio, 77), Beyl (Edegor, 46; Kroos, 77), Benzema (Mayoral, 46).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar