Ektor Kuper bilan 6 avgust kuni matbuot anjumani o‘tkaziladi

Ektor Kuper bilan 6 avgust kuni matbuot anjumani o‘tkaziladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan argentinalik Ektor Raul Kuper 6 avgust kuni, tonggi soat 06:10da Toshkentga uchib keladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 62 yoshli mutaxassisni kutib olish marosimi tashkil qilinadi.

Shu kuni soat 15:00da Milliy Olimpiya qo‘mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

Anjuman davomida argentinalik mutaxassis o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berib o‘tadi.

Matbuot anjumanida barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishlari mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar