
32 yoshli futbolchimiz Janubiy Koreyada nufuzi jihatidan ikkinchi o‘rinda turuvchi - K Liga-2 ishtirokchisi "Tedjon Sitizen" klubi bilan shartnoma imzoladi.
Tursunov yangi jamoasi safida 9-raqamda to‘p tepadi. Qayd etish joiz, mazkur klub safida yana bir hamyurtimiz Shoxrux Gadoyev ham to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Sanjar Tursunov faoliyati davomida Rossiya ("Irtish", "Volga", "Alaniya", "Orenburg"), O‘zbekiston ("Lokomotiv"), Ukraina ("Vorskla") va Qatar ("Umm Salal", "Al-Haraytiyat") kabi mamlakatlar klublari sharafini himoya qilgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 49 bellashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritishga erishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar