Gattuzo: "Ronalduning transferi Italiya futbolining rivojiga turtki bo‘ladi"

Gattuzo: "Ronalduning transferi Italiya futbolining rivojiga turtki bo‘ladi"
«Milan» klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning «Real»dan «Yuventus»ga o‘tganini sharhlab o‘tdi.

«O‘ylashimcha, Italiya futboli boshdan kechirgan muammolarni inobatga olganda bu aql bovar qilmas transfer.

Hozirda Modrichning A Seriyaga o‘tishi haqidagi gaplar ham tasodif emas. Ronalduning transferi biz uchun juda muhim, u futbolimiz o‘sishiga turtki bo‘lishi mumkin», – deydi Gattuzo.

Manba: www.uff.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar