
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan Ektor Kuper 6 avgust kuni tongda yurtimizga yetib keladi. Argentinalik mutaxassisning Toshkentdagi ilk kadrlari UZREPORT TV telekanalida jonli tarzda taqdim etiladi.
62 yoshli murabbiy Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro aeroportiga soat 06:10da kelib qo‘nadigan samolyot bortida bo‘ladi.
Kunning ikkinchi yarmida, soat 15:00da O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasida Ektor Kuper ishtirokidagi matbuot-anjumani bo‘lib o‘tadi. Argentinalik murabbiy rasman MTJ bosh murabbiyi sifatida keng ommaga tanishtiriladi. Shuningdek, Kuper ilk bor o‘zbekistonlik jurnalistlarning savollariga javob beradi. Mazkur matbuot-anjumani ham jonli tarzda tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar