19:46 / 07.08.2018
3 171

Ektor Kuper o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshladi (foto)

Ektor Kuper o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshladi (foto)
Kecha Milliy olimpiya qo‘mitasining anjumanlar zalida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinganidan futbol muxlislarining xabarlari bor. Matbuot anjumani nihoyasiga yetishi bilanoq Ektor Kuper o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshlab yubordi.

Ektor Kuperning dastlabki tashrifi “Bunyodkor” futbol akademiyasiga uyushtirildi. U yerda mutaxassis futbolchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulot zallari, futbol maydonlari, bolalar istiqomat qiladigan yotoqxonalar bilan tanishdi. Ijobiy taraflari va kamchiliklar haqida o‘z fikr va maslahatlarini berib o‘tdi.

Shundan so‘ng Ektor Kuper “Milliy” stadioniga tashrif buyurdi. Stadionni ko‘zdan kechirib, o‘zbek futboli tarixi muzeyini aylandi. “Milliy” stadionga uyushtirilgan tashrif so‘nggida faxriy mehmonlar kitobiga o‘z fikrlarini yozib qoldirdi.

“Milliy” stadiondan chiqqach Ektor Kuper Toshkent temiryo‘l muhandislari instituti hududida joylashgan “O‘zbekiston temir yo‘llari sport stadioni”ga bordi. U yerda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining mashg‘ulotini kuzatdi. Murabbiy va futbolchilar bilan tanishib, ular bilan suhbatlashdi. Mashg‘ulot oxirida Ravshan Haydarov va uning jamoasiga Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida omad tiladi.






arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ektor Kuper o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishishni boshladi (foto)