20:14 / 13.08.2018
3 524

Yurgen Klopp: "Ramos kabi har qanday narx evaziga g‘alaba qozonishni hoxlamayman"

Юрген Клопп: "Рамос каби ҳар қандай нарх эвазига ғалаба қозонишни ҳохламайман"
«Liverpul» klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Real» himoyachisi Serxio Ramos g‘alaba qozonish uchun hamma narsaga borishini aytib o‘tdi.

«Men uchun muhimi qanday g‘alaba qozonish. Albatta, men chempionlar ligasini yutish istagida edim va mening jamoam qo‘pol o‘ynab g‘alaba qozonsa kubokni qaytarib ham bermas edim. Ramosning o‘z medalini qaytarib berishini kutmayman, biroq u o‘zining qilgan ishini o‘ylab ko‘rishi lozim.

Balkim bu tasodif bo‘lishi mumkin, ammo Saloh eng yuqori formasida jarohat oldi. Ko‘pchilik shunaqasi bo‘lib turadi deyishi mumkin. Lekin bu bolalar uchun yomon o‘rnak. Agar biz ularga g‘alaba qozonish uchun hamma narsani qilish kerakligini o‘rgatsak, men 40 yildan so‘ng ushbu sayyorani tark etishdan xursand bo‘lar edim.

Men yaxshi omadsizman? Yo‘q. Biz Ramosning qilgan ishi haqida gapirishimiz kerak, chunki uning ishi bir avval final natijasiga ta’sir o‘tkazgan edi.

«Real» YeChL da g‘alaba qozonishga haqli, hech kim buni shubha ostiga olmaydi. Lekin siz maydonda Ramos bilan bo‘lgan voqealarni ko‘rmoqchimisiz? Men o‘ylaymanki, yo‘q», - deydi Klopp.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yurgen Klopp: "Ramos kabi har qanday narx evaziga g‘alaba qozonishni hoxlamayman"