06:00 / 15.08.2018
4 176

Ronaldu “Yuventus” jamoasida o‘zining ilk golini urdi (Video)

Ronaldu “Yuventus” jamoasida o‘zining ilk golini urdi (Video)
Hujumchi Krishtianu Ronaldu “Yuventus” foydasiga o‘zining ilk golini urdi, deya xabar bermoqda Darakchi nashri.

33 yoshli portugaliyalik futbolchi turinliklarning ikkinchi jamoasi bilan bo‘lib o‘tgan matchning sakkizinchi daqiqasida “Yuventus” klubi tarkibida o‘zining debyut golini kiritdi.

Ta’kidlash joizki, “Yuventus” an’anaviy ravishda mavsumga start berilishidan avval “Yuventus V” jamoasi bilan match o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018 yilning 10 iyulida Madridning “Real” jamoasidan 100 mln. yevro evaziga Turinning “Yuventus” jamoasiga o‘tgan.

Forvardning yangi jamoa bilan shartnomasi to‘rt yilga mo‘ljallangan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu “Yuventus” jamoasida o‘zining ilk golini urdi (Video)