
Yevropa Ligasida 3-saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi.
“Zenit” o‘z maydonida Minskning “Dinamo” klubini qabul qildi. Dastlabki o‘yinda rossiyaliklar 0:4 hisobida yutqazgan edi.
Javob bahsi mezbonlarning katta ustunligida o‘tdi. O‘yinning asosiy vaqtida “Zenit” 4ta gol urdi, natijada, qo‘shimcha vaqtlar belgilandi. Unda “Dinamo” 1ta gol urib, keyingi bosqichga chiqishga yaqin edi. Ammo, “Zenit” yana kuchli iroda namoyish qilib, 4ta gol urdi va 8:1 hisobida g‘alaba qozonib, fantastik kambek qilgan holda keyingi bosqichga chiqdi.
Endi “Zenit” Yevropa Ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun Norvegiyaning “Molde” klubi bilan bellashadi.
Yevropa Ligasi, 3-saralash bosqichi
Javob o‘yini
Zenit (Rossiya) – Dinamo (Minsk, Belarus) - 8:1
Gollar: 1:0 – 22 Paredes, 2:0 – 66 Noboa, 3:0 – 75 Dzyuba, 4:0 – 78 Dzyuba, 4:1 – 99 Yaxaya, 5:1 – 109 Driussi, 6:1 – 115, penalti Dzyuba, 7:1 – 120, penalti Mak, 8:1 – 120 Mak.
Zenit – Lunev, Mevlya, Ivanovich, Anyukov, Nabiullin (Zabolotnыy, 59), Noboa (Smolnikov, 103), Paredes, Yeroxin (Mak, 102), Kuzyayev, Ernani (Driussi, 61), Dzyuba.
Dinamo Minsk – Gorbunov, Begunov, Rosha (Gavrilovich, 92), Galovich, Shitov, Trebotich (Navalovskiy, 72), Yaxaya, Korzun, Shvetsov, Xvashchinskiy (Kaplenko, 55), Ivanov (Makas, 65).
Ogohlantirishlar: Noboa (11), Begunov (22), Shvetsov (45), Paredes (64).
Chetlatishlar: Paredes (72), Shvetsov (120).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar