Pepsi Superliga 22-turidan o‘rin olgan “AGMK” – “Metallurg” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Olmaliqdagi “OKMK” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Isloq Isoqjonov bekobodliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 25-daqiqada Milosh Trifunovich raqib xatosidan unumli foydalangan holda muvozanatni tikladi.
36-daqiqada Vladislav Kasminin burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan “Metallurg” darvozasiga aniq yo‘naltirdi. Birinchi bo‘lim tugashi arafasida Isoqjonov jarima zarbasini qoyilmaqom ijro etgan holda o‘yindagi dublini nishonladi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida mezbonlar himoyachisining qo‘pol xatosidan so‘ng Shaxzod Shaymanov jamoasining uchinchi golini urdi.
Shu tariqa, hisob o‘yin so‘nggiga qadar o‘zgarmadi va “Metallurg” 6-o‘rinni egallagan holda chempionlik kurashida ishtirok etadigan bo‘ldi.
Pepsi Superliga, 22-tur
“AGMK” – “Metallurg” 2:3 (2:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 17 Isoqjonov, 1:1 – 25 Trifunovich, 2:1 – 36 Kasminin, 2:2 – 45 Isoqjonov, 2:3 – 50 Shaymanov.
AGMK: Roman Abdulov, Abduqaxxor Xojiakbarov, Azamat Isroilov, Muzaffar Muzaffarov (Zafar Polvonov, 56), Jasur Hasanov (Jamshid Hasanov, 68), Lutfulla To‘rayev, Zohir Pirimov, Milosh Trifunovich (Kamoliddin Murzoyev, 73), Vladislav Kasminin, G‘ulom Haydar G‘ulomov, Javlon Guseynov.
“Metallurg”: Zafar Safoyev, Shahzod Shaymanov, Islombek Isoqjonov (Muhammad Isayev, 62), Zohid Abdullayev, Jasur Hasanov (Suhrob Nurulloyev, 44), Davron Umirov, Stanislav Andreyev, Sherzod Fayziyev, Akbar Ismatullayev, Abror Xusinov, Pavel Smolyachenko
Ogohlantirishlar: Kasminin 32, Abdulov 33, Abdullayev 45, Xojiakbarov 54, Isoqjonov 59.
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi