
Pepsi Superligasi 22-turidan o‘rin olgan AGMK - “Metallurg” (2:3) uchrashuvidan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar ustozi Baxtiyor Ashurmatov o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Bugungi uchrashuv prinsipial ahamiyatga ega edi. Afsuski, o‘ylagan rejalarimiz bugun ish bermadi. Balkim o‘yinchilar almashtirishda xato qildim nazarimda. Qolaversa, hujumchilarimiz to‘pni o‘zlarida saqlab turishda ham biroz sust harakat qilishdi. Qayd etilgan natijadagi aybni o‘z zimmamga olaman”, - deb Ashurmatovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL matbuot xizmati. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar