08:40 / 18.08.2018
4 680

Shahram G‘iyosov ganalik raqibini nokaut qildi! (foto, video)

Shahram G‘iyosov ganalik raqibini nokaut qildi! (foto, video)
Bugun Rio Olimpiadasi sovrindori Shahram G‘iyosov professional boksdagi to‘rtinchi jangini o‘tkazdi.

Ushbu jang AQSHning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tdi. Bu galgi raqib anchagina jiddiy edi. Ganalik 35 yoshli Albert “Tornado” Mensa faoliyati davomida 38ta jang o‘tkazib, ularning 31tasida g‘alaba qozongan. Oltita jangida mag‘lubiyatga uchragan, bitta bahs durang bilan yakunlangan. Nokaut evaziga g‘alaba qozongan janglari soni 15ta. O‘zi hali nokaut bo‘lmagan. Faoliyatini 2002 yilda boshlagan.

Shahram G‘iyosov esa shu kungacha prof boksda 3ta jang o‘tkazib, uchchalasida g‘alabaga erishgandi. Ikkita jangni muddatidan avval yakunlagandi.

Albert Mensaga qarshi jangning 3-raundida Shahram raqibini nokautga uchratib g‘alabaga erishdi. Demak, o‘zbekistonlik bokschi to‘rtinchi jangida to‘rtinchi g‘alabasini nishonladi.




Manba: olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov ganalik raqibini nokaut qildi! (foto, video)