
So‘nggi yillarda professional bokschilarimiz AQSH va Rossiyada o‘tayotgan turli boks kechalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘alabalarga erishmoqdalar.
Ana shunday bokschilardan biri Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliyevdir. U professional ringdagi navbatdagi jangini 23 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtatida o‘tkazadi.
Murodjonga mazkur boks kechasida chililik Ramon Kontrerasga qarshilik ko‘rsatadi.
Ma’lumot uchun, Ahmadaliyev bungungi kunga qadar uchta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘olib bo‘lgan. 33 yoshli Kontreras esa 15 jangda g‘alaba qozonib 6 tasida mag‘lub bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar