18:43 / 22.08.2018
2 809

Ronalduning Italiya futboliga ta’siri?

Ronalduning Italiya futboliga ta’siri?
Deportes & Finanzas ga ko‘ra iyul oyida YouTube da ko‘rishlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib olgan. Bundan bir oy oldin 3.07 million marta tomosha qilingan klubning ko‘rsatkichi iyul oyida 36.3 milliontagacha oshgan.

Portugaliyalik superyulduz A Seriyaga endigina kelib qo‘shilganiga qaramay Italiya futboliga katta ta’sir ko‘rsata boshlagan. Quyida uning “keksa sinora”ga va umuman Italiya futboliga ta’sirini mushohada qilamiz.

“Krishtianu Ronaldu effekti” bo‘lmoqdami degan savolga Italiyaning har bir burchagidagilar “ha” deya javob qaytarishi aniq. Bu ham haqiqiy, ham virtual hayotda ro‘y bermoqda.

Siz ko‘chalarda Krishtianu Ronaldu ismi tushirilgan bolakaylarga ko‘zingiz tushadi. Yoki TV ni yoqsangiz “Asr transferi” degan reklamalarga ko‘zingiz tushadi.

Yarim orolning har bir shahri gazetalarining bosh muqovasida uning suratini ko‘rasiz. “Ronaldu effekti” ijtiomiy tarmoqlarni va kiyim do‘konlarini egallab olgan.

Shuning uchun ham “Yuventus” iyul oyi boshida 33 yoshli yulduz transferi uchun 100 million yevro to‘lagandi.

Shu yilning bahorida portugaliyalik futbolchining agenti Jorje Mendesh “Yuventus”ni mijozi Turinga ko‘chib o‘tishni istayotganini aytganida “byankonerilar” buni o‘ylab ham o‘tirmasdan harakatga ko‘chgan edi.

Klub prezidenti Andrea Anyelli, klub ijrochi direktori Beppe Marotta va boshqa qolgan direktorlar ushbu transferning moliyaviy tomonlarini sinchiklab o‘rganib chiqishdi va 341 million yevroga baholashdi. Keyingi mavsumda 34 yoshni qarshi oladigan futbolchini jamoaga olib kelish ancha qaltis ish hisoblanadi.

Yakunda “keksa sinora” vakillari Ronaldu transferini sport va moliyaviy jihatdan istiqbolli deb topdi va katta investitsiya qilishga kirishdi.

Shu yilning aprelida besh karra “Oltin to‘p” sohibi “Yuve”ni taslim qilib sovrindan umidini uzishga majbur qilgandi. Endi esa aynan o‘zi 1996-yildan beri ushalmas orzu bo‘lib kelayotgan sovrinni egallashi uchun turinliklarga yordam beradi.

Bundan tashqari, Deloitte ning eksperti Timoti Bridjga ko‘ra, “Yuve” Ronalduni nafaqat maydonda yordam berishi, balki undan tashqarida ham foyda keltirishi tufayli jalb qilgan.

“Ronaldu transferining ortida ikki muhim faktor bor. Birinchisi u bilan o‘zlariga zarur sovrinni yutib olish bo‘lsa, keyingisi maydondagi ko‘rsatkichlarini yaxshilab bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishdir. Ular 33 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasini yutishiga ishonishadi. Ular qatorasiga yetti yil A Seriyani yutib olishdi. Endi Chempionlar Ligasini yutish davri keldi. Ular Ronaldu bu borada yordam bera olishiga ishonishadi.”

“Shu bilan birga hozirgi vaqtda A Seriya Premyer Liga klublari yoki Ispaniyaning ikki grandi bilan bellasha olmaydi. O‘ylaymanki, Ronalduning olib kelinishi “Yuve”ning xalqaro strategiyasining bir qismi bo‘ladi.

“Ushbu transfer “Yuventus”ni dunyodagi muxlislar va istiqbolli tijoriy hamkorlar o‘rtasida jozibador klubga aylantiradi.

“Ronaldu hamon dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri, agarda eng zo‘ri bo‘lmasa va bu ishonch bag‘ishlaydi. Shu bilan birga u jahon futbolining ko‘zga ko‘ringan vakili va tijoriy foyda keltirishda yangidan-yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Bu bilan “Yuve” “Barselona”, “Real” va “Manchester Yunayted” kabi superklubga aylanadi.”

“Futbolda eskidan qolgan ibora bor: “Hech kim klubdan muhimroq emas”. Ijtimoiy tarmoq nuqtai nazaridan Ronaldu “Yuventus”dan muhimroq.”

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi Italiyaga o‘tishidan oldin Tvitter, Feysbuk va Instagramda jami 334.9 million obunachilariga ega edi. Bu ko‘rsatkich “Yuve”da atigi 55.1 milliontani tashkil qilardi. Ronalduning kelishi bu raqamlarga yana olti milliontaga oshishiga olib keldi.

Deportes & Finanzas ga ko‘ra iyul oyida YouTube da ko‘rishlar soni bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqib olgan. Bundan bir oy oldin 3.07 million marta tomosha qilingan klubning ko‘rsatkichi iyul oyida 36.3 milliontagacha oshgan.

Ronaldu shuningdek liboslar sotuvi orqali transferini bir muncha oqlashi mumkin. Albatta, klub liboslar sotuvidan tushgan barcha pulni o‘ziga olomaydi. Turinliklar 20-25 % orasida foydani olishi mumkin. Qolgan barcha foyda Adidas firmasini boyitadi.

Xullas, “Ronaldu ta’siri” bo‘y ko‘rsata boshlagan. Uning kelishi A Seriyaning o‘z hududi chegarasidan chiqib xalqaro maydonni egallash sari qadam bosmoqda. Bu birinchi navbatda “Yuventus”ga va A Seriyaning qolgan vakillariga qayta hukmronlikning davri kelganini anglatadi.
Erkinjon G‘aybullayev tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning Italiya futboliga ta’siri?