Qozog‘istonlik aralash yakkakurashlar jangchisi Kuat “Nayman” Xamitov Qozog‘iston telekanallarini keskin tanqid qildi.
U ommaviy axborot vositalari 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan qozog‘istonlik sportchilarning chiqishlarini yoritmayotganligini bildirdi. Sportchi O‘zbekistondan ibrat olish darkor, deb hisoblamoqda.
Osiyo o‘yinlari boshlangunga qadar Qozog‘istonning birorta ham telekanali musobaqalarni translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritmaganligi ma’lum bo‘lgandi.
“Shu kunlarda Indoneziyada Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda, biz esa musobaqalarni bemalol tomosha qilib, yigitlarimiz uchun ishqibozlik qila olmayapmiz! Sportchilarimiz mamlakat sha’nini himoya qilish uchun jonlarini jabborga berishmoqda, davlatimizning esa buni jonli efirda ko‘rsatishga qurbi yetmaydi! Bizga KazSport va boshqa kanallarning nima keragi bor!? Agarda jahon miqyosidagi mana shunday musobaqalarni namoyish eta olmasangiz! Yo‘q, buning o‘rniga ular hech kim ko‘rmaydigan 45-yildagi futbolni ko‘rsatishlari kerak! O‘zbek birodarlarimizdan ibrat oling! Agarda bularning barchasini jonli efirda ko‘rsata olganimizda, qancha bolalarni sportga jalb qilishimiz mumkin edi, ayniqsa ularning bari hozir yozgi ta’tilda bo‘lsa! Bizda hamma narsa aksincha qilinadi! Qancha chidash mumkin!” - deb yozdi Xamitov o‘zining Instagram’dagi akkauntida. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti